
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, 2026-yilning 6-aprelida Panama shahrida tanker portlashi va yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.
Hodisa Panama kanali yaqinidagi La-Boka hududida sodir bo‘lgan.
Yoqilg‘i quyish chog‘ida yuk mashinasi portlab ketgan va yong‘in tezda yana ikkita tankerga o‘tgan.
Qalin tutun va bir nechta ikkilamchi portlashlar haqida xabar berilgan.
Rasmiylarning ma'lum qilishicha, ikki kishi kuygan, ikki o't o'chiruvchi tutundan nafas olgan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazoratga oldi.
Jarohatlanganlarning ahvoli barqaror.
Hodisadan so‘ng Amerika ko‘prigi xavfsizlikni tekshirish uchun yopildi.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
