Reuters xabariga ko‘ra, 19-fevral kuni Chilining Santyago shahrida suyuq gaz olib ketayotgan yuk mashinasining ag‘darilib, portlashi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan.
Rasmiylarning aytishicha, haydovchi avtohalokatdan oldin boshqaruvni yo‘qotgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar orasida haydovchi ham bor.
Portlash Renka hududida, yirik magistral va sanoat zonasi yaqinida sodir bo'lgan.
O‘t o‘chiruvchilarning xabar berishicha, portlash 150-200 metr radiusda sezilgan va kamida 50 ta mashina zarar ko‘rgan.
Shuningdek, vayronalar yaqin atrofdagi korxonalarni ham bosib ketgan.
YTH sabablarini aniqlash uchun prokuratura surishtiruv ishlarini boshladi.

